• Test sinovlari karantin cheklovlari tugagandan so‘ng 1-avgustdan boshlanishi belgilanmoqda. Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

  • Ro‘yxatdan o‘tish Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda joriy yildan boshlab ishga tushirilgan Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tartibda amalga oshiriladi.

    Abituriyentga Davlat test markazining rasmiy abitur.dtm.uz sayti orqali uyidan chiqmagan holda mobil telefon ilovasi yoki kompyuter yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.

  • Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan test topshiriqlari soni ko‘payadi. Matnli test topshiriqlari tuzilmoqda.

    Matn tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanganligi, gaplarning to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash, matndagi so‘zlarning ma’nosini topish va matnning asosiy mazmunini tushunishga yordam beruvchi test topshiriqlari shakllantiriladi.

  • O‘zgarishlar yo‘q. Natijalar test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy www.dtm.uz veb-saytida e’lon qilinadi.

    Natijalarni abituriyent o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.

  • Ta’lim yo‘nalishlari bir xil ta’lim shakli doirasida va bir xil ta’lim tili doirasida tanlanishi shart.

  • Tarix, geografiya, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, fizika, matematika fanlaridan rasmli, xaritali, jadvalli test topshiriqlari soni oshiriladi. Eng oson (1-qiyinlik darajasidagi) savollar soni 6 tadan o‘rtacha 9-10 tagacha ko‘paytiriladi. Bu qiyin (3-qiyinlik darajasidagi) savollarni qisqartirish evaziga amalga oshiriladi. Fizika fanidan “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” tuzildi va u test topshirish jarayonida abituriyentga taqdim etiladi. Kimyo, biologiya fanlaridan nazariy va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlari soni ko‘paytiriladi.

    Ona tili va adabiyot fanidan o‘qishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar soni oshirildi. Ulardan tuziladigan test topshiriqlari badiiy adabiyotlardan darsliklarda keltirilgan parchalardan emas, balki to‘liq asarlardan shakllantiriladi.

  • Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va matematika fanlaridan baholashning milliy test tizimini yaratish ishlari joriy yilning oxiriga borib tugaydi va ulardan milliy sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi. Keyingi yillardan boshlab qolgan fanlardan bosqichma-bosqich joriy etiladi.

  • Test topshirig‘i uchta qiyinlik darajasi asosida tuziladi:
    1-qiyinlik daraja – abituriyentning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, fanga oid u qadar murakkab bo‘lmagan bir necha atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja;
    2-qiyinlik daraja – abituriyentdan tahlil qila olish va mantiqiy fikrlashni, fanga oid ikki-uch atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bir vaqtda qo‘llay bilishni talab qiluvchi daraja;
    3-qiyinlik daraja – abituriyentning to‘g‘ri javobni topish uchun zarur bo‘lgan uch va undan ortiq atama, hodisa, qoida va qonuniyatlarni bir-biriga bog‘lab ishlata olish qobiliyatini, shuningdek, mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi daraja.

    Umumta’lim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har bir variantning test topshiriqlari tarkibida 1-qiyinlik darajadagi test topshiriqlari o‘rtacha 30-40%, 2-qiyinlik darajadagi test topshiriqlari o‘rtacha 50-60%, 3-qiyinlik darajadagi test topshiriqlari o‘rtacha 15-25% dan iborat bo‘ladi.

  • Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.

  • OTM kirish test sinovlarida chet tili fanidan B1 darajadagi test topshiriqlari beriladi.

  • Hozirgi kunda CEFR imtihonini onlayn tarzda topshirish imkoniyati yo‘q, Davlat test markazida test sinovlarini kompyuterda lokal tarmoq orqali topshirish mumkin.

  • Yo‘q. "IELTS indicator" sertifikati abituriyentga davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda imtiyoz bermaydi va chet tili fani bo‘yicha test sinovidan ozod qilmaydi. “IELTS indicator” Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 13-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 395-son qarorida imtiyoz taqdim etuvchi sertifikat sifatida qayd etilmagan.

  • Test topshiriqlari faqat ro‘yxati tasdiqlangan va e’lon qilingan darsliklardan tuziladi. Ro‘yxatga kiritilmagan manbalardan foydalanilmaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-iyuldagi farmoyishida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha umumiy o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi belgilangan. Test savollari umumiy o‘quv dasturilarga asosan tavsiya qilingan darsliklardan tuziladi. Bundan tashqari o‘quvchilar uchun mustaqil o‘qishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar asosida ham savollar shakllantiriladi

  • Joriy yilda ikkita fandan test sinovlari o‘tishi munosabati bilan javoblar varaqasi shakli o‘zgaradi. Yangi shakldagi javoblar varaqasi, uni to‘ldirish qoidalari bilan Davlat test markazining rasmiy dtm.uz veb-sayti, telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishish mumkin.

    Yana bir manba – “Javoblar varaqasi bilan ishlash uchun qo‘llanma” videoroligi tayyorlangan bo‘lib, u telekanallar orqali ko‘rsatib boriladi.

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘lmasa-da, kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino va paviliyonlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga test materiallari bilan ishlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shu jumladan, test sinovlarini o‘tkazishda ishtirok etayotgan barcha vazirlik va tashkilotlar xodimlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga test materiallari bilan ishlashdan tashqari, harakatlanish bilan bog‘liq barcha hollarda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

  • Barcha binolarda test sinovlari jarayonlarini test2020.uz sayti va maxsus telekanal orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratiladi. Pandemiya sharoitida ota-onalarning abituriyentlar bilan binolarga kelishi, bir joyga to‘planishiga hojat qolmaydi.